Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 7-avgustdagi 341-son buyrugʻiga asosan barcha oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida har chorakda bir marotaba “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi oʻtkazilishi belgilangan edi.
Tanlovning ikkinchi mavsumi ham oʻz yakuniga yetdi va yakuniy hisobga koʻra universitetimizning birinchi bosqich talabasi Abdullayev Islomjon Abduqahhorjon oʻgʻli eng kuchlilar safidan joy oldi.
Islomjonning kitobga bo‘lgan muhabbati va mehnati uni bu muvaffaqiyatga olib keldi. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosi amfiteatrida bo‘lib o‘tdi.
Gʻalaba muborak boʻlsin, Islomjon. Yutuqlaringiz bardavom boʻlsin.
Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Garvard universiteti professori UBS Maslahat kengashi a’zosi bo‘ldi
UBS professor-o‘qituvchilari XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumida ishtirok etmoqda
Koreyada amaliyot va ta’lim imkoniyatlari
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin