Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Universitetimizda “Ma’rifat ulashib” tadbiri doirasida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari – Adiba Umirova va Umida Abduazimova bilan adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shoiralar universitet xazinasiga bebaho sovg‘a – o‘z kitoblarini hadya qilib, samimiy suhbatlari bilan yoshlarni yangi cho‘qqilarni zabt etishga ilhomlantirdilar.
Tadbir davomida Adiba Umirova va Umida Abduazimova o‘z ijodiy yo‘llari, yozuvchilik hayoti va adabiyotning jamiyatdagi o‘rni haqida qimmatli fikrlar bildirib, talabalarni ijodiy izlanishlarga undadilar. Shoiralar yoshlarni nafaqat adabiyotga, balki hayotga bo‘lgan yangi qarashlarni shakllantirishga, ijodda va kundalik hayotda jasoratli bo‘lishga chaqirdilar. Bu uchrashuv talabalar uchun adabiyotning chinakam ma’nosini tushunish, shuningdek, o‘z orzulariga erishishda ilhom olish imkoniyatini yaratdi.
Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Garvard universiteti professori UBS Maslahat kengashi a’zosi bo‘ldi
UBS professor-o‘qituvchilari XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumida ishtirok etmoqda
Koreyada amaliyot va ta’lim imkoniyatlari
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin