Dr. Vijay Kumar — MITda 28 yildan beri faoliyat koʻrsatib, ta’limga axborot texnologiyalari va media xizmatlarini integratsiya qilish hamda strategiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. U o‘z tadqiqotlari va maslahat xizmatlari doirasida Smitsonian instituti, Hindiston Milliy Bilim Komissiyasi, YUNESKO, Kataloniya Ochiq Universiteti, Singapur Texnologiya va Dizayn Universiteti, Qatar Foundation International hamda Massachusets STEM Kengashining Tarmoq Operatsiyalari Kengashi bilan hamkorlik qilgan. Shuningdek, Tianjin Ochiq Universiteti tomonidan faxriy professor unvoni bilan taqdirlangan.