Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Modern Eğitim ve Fen Üniversitesi bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.
Oliygohimiz Rektori Karimjon Boymirzayev va Moliyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Zufar Xurramov xalqaro kelishuvlarni yanada rivojlantirish uchun Turkiya davlatiga borib keldilar.
Mamlakatdagi yagona nodavlat oliygoh MEF (Modern Eğitim ve Fen Üniversitesi) ga tashrif buyurib, xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdi. Rahbarlarimizni oliygoh rektori Proffessor, Dr. Muhammed ŞAHİN va yordamchilari kutib olib, universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
Ushbu universitetda talabalar to‘liq ingliz tilida tahsil oladi va ularning bilimlariga qarab, stipendiyalar joriy qilingan. Oʻqituvchilar esa to‘liq 3 tilda dars berish bilan birga, yuqori malakaga ega.
Ushbu xalqaro hamkorlik universitetimizning xalqaro nufuzini oshirish, talabalar almashinuv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim sifatini yanada oshirish va pedagoglar ilmiy salohiyatini rivojlantirish kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Garvard universiteti professori UBS Maslahat kengashi a’zosi bo‘ldi
UBS professor-o‘qituvchilari XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumida ishtirok etmoqda
Koreyada amaliyot va ta’lim imkoniyatlari
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin