Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Universitetimizning zamonaviy va ilg‘or taʼlim dasturlarini rivojlantirish maqsadida xalqaro aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan kuni kecha rektorimiz, Geografiya fanlari doktori (DSc), Dotsent Karimjon Boymirzayev rasmiy tashrif bilan Qirgʻizistonning yirik oliygohlaridan hisoblangan Oʻsh davlat universitetida boʻldi.
Tashrif davomida rasmiylarimiz taʼlimga oid loyihalar, ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari hamda bir qancha oʻzaro manfaatli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzoladilar.
"Imzolangan memorandumdan katta istiqbolli natijalar kutilmoqda. Hamkorlik aloqalarimiz ikkala universitet ravnaqi uchun ham keng imkoniyatlar taqdim etishi shubhasiz!"
— Deydilar rektorimiz.
Shuningdek, kelajakda birgalikda ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirildi. Hamkorlikning yanada mustahkamlanishi uchun ikki universitet o‘rtasida tajriba almashish va o‘zaro tashriflar amalga oshirilishi ta'kidlandi.
Ilm yo‘lidagi sharafli zafar!
Garvard universiteti professori UBS Maslahat kengashi a’zosi bo‘ldi
UBS professor-o‘qituvchilari XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumida ishtirok etmoqda
Koreyada amaliyot va ta’lim imkoniyatlari
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin