LocationChilanzar
WorkingDay

Behbudiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

8-aprel kuni “University of Business and Science” Toshkent filiali tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlar harakatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozitsiya boshligʻi, tarixchi olima Azizaxon Ahrorova, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo, adabiyotshunos olimlar Nurboy Jabborov, Hamidulla Boltaboyev, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining oʻrinbosari, atoqli tarixchi olima, fan doktori Dilnoza Jamolova va professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, talabalar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Konferensiyada Behbudiy ijodi, jadidchilik g‘oyalari, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va zamonaviy ta’limdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbir UBSda ilm-fan rivoji, milliy merosga hurmat va yoshlarni ilmga yo‘naltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

44
All news
Catalog about the University of business and science
Download catalog

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

+998 78 113 26 26
logo