LocationChilanzar
WorkingDay

UBS VR-laboratoriyasi

Kelajak tibbiyoti sizning qo‘llaringizda — UBS VR-laboratoriyasi

 

“University of Business and Science” va VR ta’lim jamoasi innovatsion uskunalar bilan jihozlangan UBS VR-laboratoriyasini tashkil qilish boʻyicha bitim imzoladi.

VR-laboratoriya — virtual reallik orqali tibbiyot kabi murakkab soha talabalari amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirib, bilimlarini chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan xavfsiz va nazorat qilinadigan muhit.

Unda innovatsion texnologiyalar yordamida real sharoitlarga o‘xshash vaziyatlarni simulyatsiya qilish, xatoliklarni tuzatish va bilimni mustahkamlash imkoni yaratiladi.

Shuningdek, VR-laboratoriya talabalarga nafaqat tibbiyot sohasidagi nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Virtual reallik yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari yoki tibbiy protseduralarni xavfsiz va samarali tarzda takrorlash, shuningdek, real hayotdagi noxush vaziyatlarda qanday harakat qilishni o‘rganish talabalarga o‘z bilimlarini mustahkamlashda katta yordam beradi. Ushbu innovatsion laboratoriya kelajakda tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

218
All news
Catalog about the University of business and science
Download catalog

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

+998 78 113 26 26
logo