LocationChilanzar
WorkingDay

"IT Community Roadshow"da treninglar ham tashkil etildi

 “University of Business and Science”da otkazilgan "IT Community Roadshow" tadbiri talabalarimiz uchun katta tajriba maydonini yaratdi.

 

Unda Ozbekistondagi eng yirik IT hamjamiyati asoschisi va rahbari, veb-saytlarni qurish, rivojlantirish va sotish boyicha 20 yildan ortiq tajribaga ega internet tadbirkor, BOLD va Microsoft kabi global kompaniyalarda SEO rahbari lavozimida ishlagan Shavkat Karimov maxsus trening otib berdi.

Bundan tashqari, tadbirdan spikerlar — Dilafruz Yusupova, Medina Primova, Feruzbek Raxmonov, Kristina Vanina, Dilafruza Joraboyeva hamda Ilkhomjon Alievning:

 

• Qiziqarli ma’ruza va master-klasslari;

• Netvorking sessiyasi va eng faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina;

• IT karyerasi, frilans va boshqa sohadagi mavzulardagi seminarlar ham orin oldi.

 

Unda IT sohasiga qiziquvchi talabalarimizning barchasi ishtirok etib, ozlari uchun katta bilim va tajribalarga ega bolishdi.

217
All news
Catalog about the University of business and science
Download catalog

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

+998 78 113 26 26
logo